Lid soni emas — sotuv va uning tannarxi. Deepmarketing asoschisiman, Termizda tizimli marketing va sotuv bo'limlarini quramiz: reklamadan CRM va analitikagacha bitta zanjirda.
Loyihani muhokama qilishReklamadan boshlab CRM va avtomatlashtirishgacha — biznesning butun sotuv zanjiri bo'ylab ishlayman.
SWOT, PESTEL, bozor hajmi, raqobatchilar tahlili, CustDev va mijoz portreti. Natijasi — SMART maqsadlar va 3 oylik action plan.
Meta, Google, Telegram Ads va blogerlar. Byudjet taqsimoti, kreativ testlash, CPL va CAC nazorati.
amoCRM, IP telefoniya, call-markaz skriptlari va standartlari. Sotuvchilarni o'qitish va qo'ng'iroqlarni AI bilan baholash.
GA4, Tag Manager, Looker Studio, ROMI va ROAS hisobi. Telegram botlar va AI agentlar — sotuv, HR va hisobot uchun.
Har loyihada bir xil tartib: avval o'lchov qo'yiladi, keyin tuzatiladi, natija raqamda ko'rinadi.
Oldingi jamoalar faqat kontent ishlab chiqargan: qaysi reklama sotuv olib kelgani noma'lum edi, murojaatlar vaqtida ishlanmasdi.
Oyiga 0–30 tadan 120 ta buyurtmaga chiqdi, o'rtacha chek 1 100 000 so'm.
Yangi restoran: Instagram bo'sh, Google va Yandex xaritalarida ko'rinmasdi.
Lidlar kelardi, lekin sotuv bo'limi ularni yo'qotardi — voronka ko'rinmasdi.
Buyurtma qo'lda qabul qilinardi, CRM'da lidlar unutilardi, Instagram izohlari javobsiz qolardi.
Ba'zi keyslarda brend nomi ko'rsatilmagan — mijozlar bilan kelishuvimiz shunday. Raqamlar va usullar to'liq ochiq, batafsil hisobot suhbatda beriladi.
Marketing sohasida 5 yildan ortiq tajribam bor. Deepmarketing — Surxondaryodagi birinchi raqamli marketing agentligi, DeepData AI va Saviya marketing akademiyasi asoschisiman.
Ishim reklama yoqishdan boshlanmaydi. Avval o'lchov qo'yiladi: lid qayerdan keladi, qanchaga tushadi, nechtasi sotuvga aylanadi. Shundan keyingina byudjet haqida gaplashamiz.
Marketologning asosiy vazifasi — mijozlar bor yangi maydonlarni topib, ular hali qimmatlashmasidan test qilish. 2023-yilda bu Meta Ads edi, 2024–25 da blogerlar. Bugun — data-driven marketing va mini-kontentmeykerlar.
Reklama, analitika yoki avtomatlashtirish — qaysi biri kerakligini birinchi suhbatda aniqlaymiz.